

"Sarri mendan qanday foydalanish kerakligini biladigan murabbiy. Men uni, u esa meni yaxshi biladi. Umid qilamanki, yaqinda o'z saviyamga qaytaman. Maqsadimga erishishda Sarri ham menga yordam beradi.
"Chelsi"da ekanligimdan xursandman. Bu ajoyib stadionga ega bo'lgan zo'r klub. Bu yerda fantastik tajriba to'playapman. "Chelsi" taklifini o'ylab o'tirmay taklif qildim. Bu yerda eng yaxshi natijalarimni ko'rsatmoqchiman", - dedi Iguain.



