

"Meni semiz deb atashda davom etsangiz faqat xursand bo'laman, chunki gollarimni to'xtatayotganim yo'q. Holatim yaxshi, 20 kun ishladim va bu mish-mish qayerdan paydo bo'lganini bilmayman. Bunday debyutlar haqida doimo orzu qilasan, ammo har doimo ham amalga oshavermaydi. Bu safar yaxshi o'tdi. Golim? Tashqaridan u oson urildi deyish mumkin, ammo bunday emas" - deydi Iguain.
Eslatib o'tamiz, Iguain "Fiorentina"ga qarshi A Seriyaning 1-tur uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi.



