Igor Shkvirin: “Himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoaga qarshi o'ynash oson emas”

23 okt 2013, 20:54
Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan “Olmaliq” – “Dinamo” (3:2) o'yini poyoniga etgach har ikkala jamoa bosh murabbiylari uchrashuv xususida fikrlarini bildirib o'tdi.
Dastlab “Olmaliq” ustozi Shkvirin jurnalistlar savollariga javob berdi.
- O'yinni ilk daqiqasidayoq himoyadagi xato evaziga tezkor gol o'tkazib yubordik – deya gap boshladi Igor Anatolevich.
- Ikkinchi golda ham futbolchilar oddiy xatoga yo'l qo'yishdi. Shundan so'ng, o'yin tizginini to'liq o'z qo'limizga olishga erishdik.

- Birinchi taymdayoq hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi taymda raqib himoyasini ko'p bora yorib o'tgan bo'lsakda, Dinamo posbonining harakatlari gol urishimizga to'sqinlik qildi.

- O'yinning so'nggi o'n daqiqasida g'alaba to'pi kiritildi. Hisobda oldinda borgan holda himoyalanuvchi jamoaga qarshi o'yin o'tkazish ancha mushkul. Bugun shogirdlarim bu to'siqni enggan holda g'alaba qozonishdi.

Manba: pfl.uz