

"Sport Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida mutaxassis shunday deydi:
- Ish bo'yicha hech nima o'zgarmaydi. Shu tarzda davom etamiz. Vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lgan bo'lsamda, o'zimni bosh murabbiy sifatida his etgandim. Rahbariyat ham shunday qarorga kelishini kutgandim. Buning uchun avvalo so'nggi o'yinlarda qayd etgan natijalarimiz sabab bo'ldi. Jamoa nima qilayotganini bildi, g'alaba qozondik va biz olg'a intildik. Biz endi bor e'tiborni ichki chempionatda yo birinchi o'rin uchun, bo'lmasa YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga qaratishimiz kerak.



