Igor Shalimov: "Odil Ahmedovga nima bo'lganini ertaga bilamiz"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 08:06
"Krasnodar" ustozi Igor Shalimov Odil Ahmedov va Fedor Smolovning holatlari borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Ikkala futbolchi Yevropa ligasi 2-turidan o'rin olgan "Nicca"ga qarshi o'yinda (5:2) jarohat oldi.

"Ularning holati yaxshi emas. Fyodor mushaklarini cho'zib oldi shekilli. Ahmedov charchagan, unga nima bo'lganini ertaga bilib olamiz", – deydi Shalimov.

Uchrashuvda Smolov 29-daqiqada, Ahmedov esa 59-daqiqada almashtirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccernews.ru