Ignatiy Nesterov yakka tartibdagi mashg'ulotlarni boshladi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2013, 10:42
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubining darvozaboni Ignatiy Nesterov operaciyadan so'ng tiklanish mashg'ulotlarini boshlab yubordi.
Posbon 17 avgust kuni "Metallurg"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Shifokorlar unga shunday tashhis qo'yishdi - tizzadagi ikssimon payning uzilishi. 3 sentyabr kuni Ignat Germaniyadagi shifoxonalardan birida operaciya qilingandi.

Darvozabon umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni faqat yanvar oyidan boshlab o'tkazishi mumkin. Hozircha faqat engil tiklanish mashqlarini bajarib turadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia