Igalo - Nigeriyada yil futbolchisi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2016, 21:00
Uotford futbolchisi Odion Igalo Nigeriyada o'tgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

U so'rovnomada 30,5 % ovoz to'plab g'olibga aylandi.

"Ushbu sovrinni qo'lga kiritganimdan xursandman. Judayam bahtliman. Buning uchun oilamga, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Igalo o'tgan yili "Uotford" safida 75 ta o'yinda 30 ta kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Nigeriyalik futbolchi shuningdek APLda dekabr oyida eng yaxshi futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com