

Shvetsiyalik forvard o'tgan mavsum jiddiy jarohat olgan edi.
"Tizzam deyarli tuzaldi. Sabr qilishingizni istayman, qaytganimda hamma bundan xabardor bo'ladi. Meni qo'llashda davom eting, oldingidan kuchliroq bo'lib qaytaman" - deydi hujumchi.
Mankunianlar avgust oxirida Ibragimovich bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi.



