

O'yin 30 iyul kuni Ibragimovichning vatani Shvetsiyada bo'lib o'tadi.
"Hamma mening debyutimni kutyapti. MYU safidagi birinchi uchrashuvni vatanimda o'tkazish juda ajoyib bo'ladi. O'ylashimcha, muxlislar mening maydonga qaytishimni kutishmoqda. Biz ajoyib o'yin ko'rsatib, ular talab qilayotgan narsani berishga umid qilaman. Yangi jamoadoshlarim mashg'ulotlarga bor e'tiborini qaratgan, yaxshi yigitlar. Murabbiy mashg'ulotlarda aynan nimani ko'rishni istayotganini aytadi, biz esa buni haqiqatga aylantiramiz. Mashg'ulotlar o'yinlarinigizga ta’sir qiladi, bu mening falsafam" - deydi Ibragimovich.



