

U JCH-2022 saralashi doirasida martda o'tadigan bahslarda Shvetsiyaga yordam berishi mumkin.
“Noyabrdagi uchrashuvimizda Zlatan bilan juda yaxshi munosabatda suhbat o'tkazgandik. U yaqinda jarohat olgan edi, ammo u sog'aydi va uni termaga chaqirishga qaror qildim. Ibragimovich yana Shvetsiya terma jamoasi tarkibiga qaytgan ekan u Yevropa chempionati uchun e'lon qilinadigan qaydnomadan ham o'rin oladi.
Ibragimovichning Kulushevski borasida menga bildirgan etirozi? O'tgan ginalarni eslash befoyda. Barchamizga kerak bo'lgan qarorni qabul qildik va oldinga intilishda davom etamiz”, deydi Andersson.



