Humoyun Murtozaev: “Finalga chiqish va unda g'alaba qozonishni orzu qilaman”

Narzulla Saydullayev
23 avg 2019, 10:28
Coca Cola O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan so'ng bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Humoyun Murtozaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun muxlislar ajoyib bellashuv guvohi bo'lishdi. Biz biroz qiynaldik. Lekin assosiysi raqibmizni xato qilishga majbur qila oldik. Bugungi hisob boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Bizga ozroq tajriba yetishmadi. Keyingi o'yinlarda bundanda yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Bugungi g'alaba uchun jamoadoshlarimga va bizni qo'llab turgan muxlislarimizga rahmat.

- Yarim finalda qaysi jamoaga qarshi kurashishni xohlar edingiz?

- Biz yosh jamoamiz. Biz raqib tanlamaymiz. Har doim faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Yarim finlada kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar finalga chiqishga harakat qilamiz. Orzuyimiz finalda o'ynash va g'alaba qozonish.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz