Havo haroratining ancha sovigani bois Superliganing so'nggi tur o'yinlari 16:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018, 12:07
Xabaringiz bor, 29-30 noyabr kunlari Superligada 2018 yilgi mavsumning so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Dastavval 32-tur uchrashuvlarining barchasi bir xil vaqtda – 18:00da start olishi belgilangan edi.

Biroq havo haroratining ancha soviganini, qolaversa klublardan kelib tushgan so'rovlarni inobatga olganda holda Professional Futbol Ligasi oxirgi tur o'yinlari vaqtini biroz ertaroq – 16:00ga qilib belgiladi.

Superliga / 32-tur
29 noyabr, payshanba, 16:00

So'g'diyona – Nasaf              
AGMK – Qizilqum              
Neftchi – Qo'qon-1912      

30 noyabr, juma, 16:00               
Navbahor – Lokomotiv    
Paxtakor – Bunyodkor        
Metallurg – Buxoro  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz