Hamidullo Abdunabiev: Shuni unutmaslik kerakki, biz musobaqa peshqadamiga qarshi maydonga chiqqan edik"

Оқил Абдубарноев
29 apr 2025, 12:08
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Hamidullo Abdunabiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Shuni unutmaslik kerakki, biz tur avvalida 1-o'rinda borayotgan jamoaga qarshi maydonga tushdik. Shu bois, bizni qiyin o'yin kutib turishini bilardik. Nafaqat jismonan, balki ruhan tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Havo issiqligi ham ikkala jamoa futbolchilariga ta’sir o'tkazdi. Muhimi, g'alaba qozondik. 

Avvalgi o'yinlarda vaziyatlardan foydalanishda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Shu bois g'alaba qozonish qiyin bo'ldi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda kamchiliklarni bartaraf etib, g'alabalarni bardavom qilishga harakat qilamiz.

Murabbiylarning ko'rsatmalari asosida o'zimga bo'lgan ishonch ortib bormoqda. Shu bois, to'p bilan harakat qilishda hamda havodagi uzatmalarga chiqishda kamroq xatoga yo'l qo'yib, dadil o'yin namoyish etishga urinyapman. Qolaversa, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislar ham dalda beradi", 22 yoshli futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia