Hamidjon Aktamov: “Qarshida yomon o'yin o'tkazdik”

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018
“Nasaf” – “Qizilqum” (4:2) uchrashuvi yakunlangach mehmon jamoa ustozi Hamidjon Aktamov quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Bugungi o'yin menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Bugun yomon o'yin o'tkazdik. Bu o'yinni futbolchilarimiz bilan albatta tahlil va muhokama qilamiz, ko'p gol ham o'tkazib yubordik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Agar foydalana olganimizda kamida durangga erishgan bo'lar edik.

Ammo “Nasaf” bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdi va haqli g'alabaga erishdi. Jamoaning keyingi o'yinlarida ham omad tilayman.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz