Hamidjon Aktamov: "Paxtakor"ga qarshi o'yinda qiynalmadik"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2018, 20:50
O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov hamda Erkin Boydullaev qatnashdi.

Hamidjon Aktamov: "Durangga mos o'yin bo'ldi. Futbolchilarim ko'rsatmalarni to'liq bajardi, deb o'ylayman. Yaxshi o'ynadik, biroq g'alaba qozona olmadik. Raqibni o'rganib chiqib, shunga qarab bugungi o'yinga noodatiy taktika tanlagandik. Oldin bunday taktik sxemada, yani besh nafar himoyachi bilan rasmiy uchrashuvlarda o'ynamaganmiz.
Ushbu uchrashuvga tayyorlanish uchun 4-5 kun vaqt boridi. Futbolchilarim vazifalarning 70-80 foizini uddalashdi. Ularga etiroz yo'q. O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik.

Grigalashvilining jarohati rejalarga katta ta’sir qilmadi. Bahs kunigacha uning tuzalishini kutgandik. Ammo nima deya olamiz, u ham robot emas. Elguja keyingi o'yinlarga tayyor bo'ladi.

Grand jamoalar? Ha, biz grand jamoalarga qarshi o'yinlar o'tkazdik. "Lokomotiv" bilan ilk uchrashuvda ancha qiynaldik. Qolganlarida esa nisbatan osonroq bo'ldi. Bugun ham qiynalmadik, deb ayta olaman.

Bugungi o'yinning ikkinchi bo'limida ustunlik qildik. Mana "Paxtakor" bilan o'ynasa bo'lar ekan. Biroq mag'lub bo'ldik. Hakamlar faoliyatiga qaraydigan mutaxassislar bor. Ularning ishlariga qaramayman. Ikkala penaltiga ham baho bermayman".



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia