Hakim Fuzaylov va Ravshan Muqimov PRO licenziyasi uchun kurslarda o'qishadi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2013, 13:15
18 noyabr, dushanba kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda futbol hakamlari va murabbiylari Respublika maktabi bilan birgalikda tashkil etilgan Professional murabbiylik kurslari (PRO licenziyasi) boshlangan edi.
Xabaringiz bor, ayni damda Lokomotiv klubida bosh murabbiy vazifasini boshqarib kelayotgan Hakim Fuzaylov va klub sport direktori Ravshan Muqimovda A licenciyasi bor. Endi ikki mutaxasis ham o'z malakalarini oshirish uchun PRO licenziyasi kurslarida qatnashishadi.

O'tkaziladigan kurs bosqichlari:
 Modul 1 - 18 noyabr - 8 dekabr.
 Modul 2 - 9 dekabr - 29 dekabr.
 Modul 3 - 3 - 23 yanvar.
 Modul 4 - 27 yanvar - 14 aprel.

 Dissertaciya himoyasi 14 aprel.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz