Gyundogan: "Liverpul" "Barselona"ni 4:0 hisobida mag'lub etishini tasavvur qila olaman"

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 16:11
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning fikricha, "Liverpul" "Barselona"ni yirik hisobda mag'lub etishga qodir.

"Bu to'qnashuv haqida o'ylashga ulgurdim va negadir bu o'yinda hali hammasi hal bo'lmagandek tuyulmoqda. "Liverpul" 4:0 hisobida g'alaba qozonishini tasavvur qila olaman. Klopp shogirdlari xatto "Barselona"dek jamoani kaltaklay oladi deb o'ylayapman" - deydi Gyundogan.

"Liverpul" - "Barselona" uchrashuvi 7 may kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN