Gyundogan: “Levandovski – dunyoning eng kuchli hujumchisi”

5 apr 2020, 08:43
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ilgari ushbu ikki futbolchi Dortmundning “Borussiya” jamoasi safida birga to'p tepishgan.

“Robert bilan bir jamoada to'p tepish yoqimli edi. U doim o'z ustida ishlashdan to'xtamasdi. Texnik nuqtayi nazardan Levandovski doim ajoyib edi, endi shu xislatlariga sovuqqonlik ham qo'shildi. U betakror gollar urmoqda. Men uchun Robert dunyoning eng kuchli hujumchisi, ayni paytda er yuzida undan kuchliroq hujumchi yo'q”, deya Gyundoganning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Joriy mavsumda Levandovski Bundesliganing 23 turida 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi shuningdek, YCHLda 11 ta, Germaniya kubogi bahslarida 3 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal