Gyulerga uchta da'vogar ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
13 dek 2025, 20:46
APLning uch grandi "Real" xavbeki Ardu Gyulerni sotib olmoqchi.

Qayd etilishicha, turkiyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal”, "Liverpul” va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Gyuler "Real" bilan 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga ega. Futbolchi "Fenerbaxche"dan Ispaniya klubiga o'tgandi.

Umuman olganda, Arda Gyuler "Real" safida 83 ta o'yin o'tkazgan. Ularda turk 15 ta gol urdi. Shuningdek, xavbek hisobida 18 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com