Gyotce uchun A Seriyadan yana bir da'vogar paydo bo'ldi

Alisher
24 apr 2020, 11:10
Dortmundning "Borussiya" jamoasi xavbeki Mario Gyotce Rimning "Lacio" klubi e'tiboriga tushdi.

"Lacio" 27 yoshli yarim himoyachi uchun hamshaharlari, yani "Roma" klubi bilan raqobat olib boradi.

"Lacio" germaniyalik futbolchiga bir mavsum uchun 4 million evrodan ortiq maosh to'lashga tayyor.

Xabar berilishicha, Gyotce ayni damda Dortmund klubida 10 million evro maosh oladi. Xavbek mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agent maqomida bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport