Gvardiola: "Xoland o'z yoshi toifasida dunyoning eng zo'r hujumchisi"

Mirjalol Normatov
19 mar 2021, 23:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHLning 1/4 final bosqichida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahs olib borishi haqida fikr bildirdi.

"Raqamlar haq. Xoland o'z yoshi toifasida dunyoning eng zo'r hujumchisi. Raqamlar meni hayron qoldirmoqda. Uning barcha yaxshi sifatlarini bilaman. Ikki haftadan keyin bunga yaxshi javob bera olishimiz kerak.

"Dortmund" - qiyin raqib, umuman olganda, qolgan barcha raqiblar ham juda murakkab. Avvaliga birinchi o'yinda, keyin esa javob bahsida yaxshi o'yin ko'rsata olishimiz kerak.

Eng yaxshi jamoa yarim finalga chiqadi. Boshqa hech qanday sir yo'q. Ularning o'yinlarini taxlil qilish uchun bizda 2 hafta bor", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal