Gvardiola: “Vaqtlari bo'lganida ular birga tushlik qilishadi”

17 yanv 2020, 23:52
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'tgan hafta dam olish kunida tungi klubda tashrif buyurishganliklari haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Xabarlarga ko'ra, “Aston Villa”ga  (6:1) qarshi bahsdan keyin futbolchilar Italiyadan tashrif buyurgan 20 nafar modellar ishtirokida o'ziga xos bazm uyushtirishgan.

-“Aston Villa”ga qarshi bahsdan keyin futbolchilarning bu kabi bazmlar uyushtirishiga ruxsat bergan edingizmi? Ushbu xabar matbuot sahifalariga chiqib ketganidan afsusdamisiz?

-Men bu haqda xabardor edim. Vaqti bo'lganda ular birga tushlik qilishadi. Bazida klub xodimlari bilan birga vaqtlarini o'tkazishadi. Har qanday holatdayam ular bu kabi tadbirlarni muntazam o'tkazib turishadi. Birgalikda bu kabi bazmlar uyushtirishni futbochlilar yoqtirishadi. Bazida uyda, bazida restoranda yig'ilishadi. Buning yomon tomoni yo'q”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Independent