

"Men Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni juda xohlayman. Lekin bunga munosib bo'lish kerak. Ertaga "Bavariya"ga qarshi bahsda birinchi qadamni bosishga harakat qilamiz.
Bu savolni menga "Manchester Siti"ni boshqara boshlaganimdan beri, 6-7 yildan buyon berishadi. Biz har mavsumda Chempionlar Ligasini yutishga urindik, ammo raqiblik qilgan jamoalar ham yaxshi edi. Maykl Jordan 6 marta NBA chempionligini qo'lga kiritgan, ammo bu vaqt ichida u 16 mavsum o'tkazgan", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola Chempionlar Ligasida "Barselona" bilan ikki marta g'olib chiqqan.



