Gvardiola Man Sitini CHLda g'oliblikka da'vogar deb hisoblamaydi: Aniq yo'q. Faqat lahzalardan rohatlanib, bu yerda bo'lganimizdan xursandmiz

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 19:36
Pep Gvardiola Manchester Sitini bu mavsumda Chempionlar ligasi yetakchilaridan deb hisoblamaydi.

Ertaga Man Siti Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turida Napoliga qarshi o'ynaydi.


Aniqki, biz [sovringa da'vogar] emasmiz. Faqat lahzalardan rohatlanib, bu yerda bo'lganimizdan xursandmiz. Ertaga kelayotgan o'yin va turnirni yaxshi boshlashga e'tibor qaratamiz.


Bu mavsumda o'yinlar avvalgi mavsumlarga qaraganda ko'proq, lekin agar yomon natija bilan boshlasak, bizga qiyin bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumda birinchi o'yinda Interga qarshi durang qayd etgandik – umid qilamanki, bu safar yaxshiroq natijaga erishamiz, – dedi Manchester Sitining bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC