

Uchrashuvning 76-daqiqasida Muhammad Saloh tomonidan kiritilgan gol Yurgen Klopp jamoasiga principial kurashda minimal g'alaba keltirdi.
“Yaxshi o'yin o'tkazdik, biroq raqib bizni xatomiz uchun jazoladi. Bu golni o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Har safar "Enfild"da qadam bosganingizda, qaerga kelganingizni yaxshi anglaysiz. Afsuski, imkoniyatni boy berdik. Muxlislar menga tangalar va turli buyumlarni uloqtirishdi, lekin menga zarar yetmadi. Balki keyingi safar ular aniqlikni o'rganar”, - dedi Gvardiola o'yindan keyingi intervyusida.
Bugungi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, "shaharliklar" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" bilan oradagi farq hisoblangan to'rt ochkoni qisqartira olmadi. "Liverpul" esa 13 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.



