Gvardiola: "Kabalero va Bravoning kelajagi yozda ma'lum bo'ladi, hozircha ulardan ko'nglim to'q"

Aslanov Jasurbek
1 mar 2017, 17:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa darvozabonlaridan mamnun ekanligini aytdi.

"Villi va Klaudioning o'yinidan ko'nglim to'q. Mavsum oxirida ularning kelajagi borasida suhbatlashamiz. Ikkisiga ham ishonaman. Ular qolishni istashsa ishlashda davom etishlari kerak.

Shartnomasi tugayotgan 5-6 futbolchi bor, ular vaziyat bilan tanish. Xulosalarni mavsum oxirida chiqaramiz" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports