

"Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridagi himoyaviy o'yindan norozimanmi? Yo'q, unday emas, men hamma narsadan mamnunman. Shunchaki, raqib haqiqatan ham shiddatli kurashdi, bu tahsinga sazovor. Uchrashuvning birinchi yarmini ajoyib tarzda o'tkazdik. Taqibchilardan olti ochkolik ustunlikka e'tibor qaratishimiz shart emas deb o'ylayman. Grafik shunchalik chalkashki, hech narsa aniq emas. Masalan, "Tottenxem", adashmasam, qolgan jamoalarga qaraganda uch yoki to'rtta o'yin kamroq o'tkazgan", - dedi Gvardiola.



