Gvardiola: "Chimdan nolishdan hech qanday mano yo'q"

Mirjalol Normatov
26 okt 2018, 20:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Uembli"ning chimi yomon bo'lsa ham, bu borada arz qilmoqchi emas.

"Tottenxem" - "Manchester Siti" uchrashuvi boshlanishidan oldin "Uembli"da amerikacha futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Tottenxem"da chimni yaxshilash borasida mutaxassislar bor. Umid qilamanki, "Tottenxem" yangi stadionni kutilganidan tezroq qurib bitkazishadi.

Chimdan nolishdan hech qanday mano yo'q. Maydon yomon bo'lsa raqib kabi chimga moslashishga harakat qilamiz va keyinchalik o'z ishimizni davom ettiramiz", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal