Gvardiola boshqaruvidagi jamoa qatorasiga 12 mavsumdan beri 100+ gol urmoqda

Eldor Akmurzayev
17 mar 2021, 20:20
YCHL 1/8 final javob bahsi doirasida “Manchester Siti” 2:0 hisobida “Borussiya M”ni taslim etdi.

“Shaharliklar” joriy mavsumdagi gollari sonini 101 taga etkazib olishdi.

Opta portali hisob-kitobiga ko'ra, Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa ketma-ket 12 mavsumdan beri (2008 yilgi faoliyatidan boshlab) 100+ gol urmoqda. 686 uchrashuvda 1718 ta to'p kiritilgan.

Ispaniyalik bungacha “Bavariya” va “Barselona”ni boshqargan. Shuningdek, Gvardiola YCHLda eng ko'p g'alaba qozongan mutaxassislar ro'yxatida Joze Mourinyuni (81 g'alaba) quvib o'tib, 4-o'ringa ko'tarildi – 82 g'alaba.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta