Gvardiola: Biz chaqiruvni qabul qildik

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2019, 00:15
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Futbol har safar bitta imkoniyatni taqdim etadi. Bazilar biz YCHLda g'olib chiqa olmasak, yaxshi deb hisoblanmasligimizni aytmoqda. Bu normal holat, biz chaqiruvni qabul qildik. 10 yil oldin bu jamoa (Man Sitini nazarda tutmoqda) APL chempioni bo'lishini hech kim o'ylamagan ham. Endi esa Chempionlar ligasi haqida gapirishmoqda. Bu birinchi qadam va bu yaxshi. Agar bu kelasi mavsum amalga oshishi kerak bo'lsa, demak kelasi mavsumda bo'ladi. Men bilan yoki mensiz, mazkur futbolchilar yoki ularsiz. Balkim, bir kun kelib shunday bo'lar. Bordiyu bo'lmasa, demak, omad kelmagan. Biroq, biz uddalashga urinib ko'ramiz”, – deydi Pep.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com