Gvardiola: "Balki, bir kun kelib, xo'jayinlar nima uchun Angliyada beshta almashtirish qoidasi yo'qligini tushuntirib berishar"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021, 20:51
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz futbolida beshta almashtirish qoidasi yo'qligi haqida gapirdi.

"Bu mamlakatda beshta almashtirish qoidasi yo'qligi kulgili. Dunyo bo'ylab beshta almashtirish mumkin, faqat Angliyadan tashqari. Balki bir kun kelib, katta xo'jayinlar yoki aqlli kishilar menga nima uchun bunday bo'lganini tushuntirib berishar", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasining futbolga ta’siri tufayli deyarli barcha mamlakatlarda beshta almashtirish qoidasi qo'llab-quvvatlandi. Angliyada esa hech qanday o'zgarish qilinmaslikka qaror qilindi - murabbiylar odatdagidek o'yin davomida tarkibda uchta almashtirishni amalga oshirishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror