
O'z maydonida o'ynab turib, ispan murabbiyining shogirdlari raqibni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.
“Biz albatta o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Agar “Borussiya” bilan o'ynagan o'yinni namoyish etadigan bo'lsak, Germaniya chempionligini qo'lga kirita olmaymiz. Bizga yaxshi natija va vaqt kerak. Agar hozir bizlar ayni paytda eng yuqori bosqichda bo'lganimizda edi, buning qizig'i qolmas edi. “Bavariya” har doim yuqoriga qarab intilishi kerak. Biroq agar buning aksi bo'ladigan bo'lsa, unda bu uchun men javobgar bo'laman”, - deydi Gvardiola.