Gvardiola 2015 yil mayidan beri ilk marta ketma-ket 3 ta o'yinda mag'lub bo'ldi

11 apr 2018, 07:50
“Manchester Siti” YCHLning 1/4 finali javob o'yinida ham yutqazdi.

“Liverpul”ga yutqazishdan avval “Siti” Manchester derbisida “Yunayted”ga, undan oldin esa “Enfild”da aynan “Liverpul”ning o'ziga mag'lub bo'lgan edi. Shu tariqda Gvardiola jamoasi ketma-ket 3 ta mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Bu Gvardiolaning 2015 yil mayidan beri ilk marta ketma-ket uch o'yinda mag'lub bo'lishidir. O'shanda Pep “Bavariya” murabbiy edi. U “Bavariya” bilan “Bayer” (0:2), “Barselona” (0:3), “Augsburg” (0:1)ga ketma-ket o'yinlarda mag'lub bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia