Gus Xiddink: G'azabdaman, so'nggi soniyalarda mag'lub bo'lish yaramaydi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2014, 09:38
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gus Xiddink EVRO-2016 saralashi doirasidagi Chexiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.
– G'azabdaman – o'yinning so'nggi soniyalarida mag'lub bo'lish yaramaydi. Bu yerdan bir ochko bilan qaytishimiz mumkin edi, ammo ahmoqona xato tufayli mag'lub bo'ldik. Hamon jahlim chiqmoqda.

Hozir birdan aytish qiyin, lekin menimcha Depay tarkibimizda eng yaxshi o'yinchi bo'ldi, – deydi Xiddink.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru