Gus Xiddink: Chelsining muammolarini tez hal qilib bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
26 dek 2015, 09:53
Chelsi ustozi Gus Xiddink klubda tezda vaziyat yaxshilanishiga vada bermayapti.

O'tgan mavsumda jamoa katta g'alabaga erishgandi. Bu mavsumda ham maqsad shunday edi: chempion bo'lish, Chempionlar ligasi va Angliya kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish.

Bazida jamoalar yaxshi mavsumdan so'ng biroz bo'shashishadi, sentyabr oyida "uyg'onish" muhim. Lekin bu amalga oshmadi.

Klub xavfli zonadan 1 ochko farq qolganida barcha qo'rqib ketdi. Afsuski men kelib: Keldim, ertaga barcha muammo hal bo'ladi deya olmayman, - deydi Xiddink.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk