Grizmann yakshanba kuni "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 16:55
"sport.es" xabariga ko'ra, "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann dushanba kuni "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi.

"Barselona" fransiyalik futbolchi uchun 120 million evro (108 million funt/135 million dollar) to'laydi. Bu futbolchining shartnomasida keltirilgan tovon puli hisoblanadi. Hozirda futbolchining shartnomasi borasida muammolar bo'lib turibdi. Bu esa ushbu hafta yakuniga qadar tugatilishi kutilmoqda.

Grizmann ayni damda Ibica orolida tatil o'tkazmoqda. U yakshanba kuni u yerdan Kataloniyaga uchib boradi va klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es