Grizmann tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 17:12
"Barselona"ning yangi futbolchisi Antuan Grizmann tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Bugun futbolchi "Kamp Nou"da tanishtiruv marosimida qatnashadi. Bu Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Futbolchi 12 iyul kuni "Barselona" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Uning tovon puli 800 million evro qilib belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona