Grizmann: "Barselona"dagi davrim falokat emasdi"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 20:05
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona"dagi o'yinlariga baho berdi.

"Men baxtiyor ravishda "Barselona"ga o'tgandim, ajoyib jamoadoshlarim bor edi. Garchand har doim maydonga tushmagan bo'lsam-da, murabbiylardan ko'p narsani o'rgandim.

Klubdagi davrim falokat emasdi, chunki men har mavsumda deyarli 20 ta gol urdim. Men "Barselona"da iftixor bilan o'ynadim", - dedi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda Grizmann "Barsa" safida barcha musobaqalarda 48 o'yinda 15 ta gol urgan va keyingi mavsumda 51 o'yinda 20 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca