Grinvud Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 dek 2019, 19:57
"Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

APLning 6-turi doirasida AZ (4:0) jamoasiga qarshi uchrashuvda 18 yoshli forvard 2 gol muallifiga aylandi. U bu boradagi kurashda "Vulverxempton" hujumchisi Diogu Jota, "Renn" himoyachisi Joris Nyanon va "Arsenal" forvardi Bukayo Sakani ortda qoldirdi.

Grinvud "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com