Grem Potter yana APL jamoasini boshqaradi?

Omonjon To`xtamirzayev
5 apr 2023, 18:16
"Lester" rahbariyati Potterni jamoa bosh murabbiy sifatida ko'ryapti.

"Lester" "Chelsi" sobiq ustozi Grem Potterni jamoaga taklif qilmoqchi. Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, klubga angliyalik murabbiyning "Chelsi"gacha amalga oshirgan ishlari ham maqul kelgan. Hozircha murabbiy ishga qaytishga shoshilmayotganini ma'lum qilgan, biroq mavsum yakuniga ko'ra, "tulkilar" APLda "jon" saqlab qola olsa, Potter klubda ish boshlashga qarshi bo'lmaydi.

Kuni-kecha, "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail