Gretsiya klassikosi portlovchi moddaning futbolchini jarohatlashi tufayli bir muddat to'xtab qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
23 okt 2023, 16:11
Gretsiya Superligasining markaziy derbisi bo'lgan "Olimpiakos" - "Panatinaikos" uchrashuvida ko'ngilsiz voqea sodir bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim boshlanganidan 3 daqiqa o'tgach, "Panatinaikos"ning ispaniyalik futbolchisi Xuan Karlos maydon chetida engil mashqlarini bajarayotganda, mushakbozlikda foydalaniladigan portlovchi modda otilib, himoyachiga tegib ketgan. 

O'yinchiniga tezda dastlabki tibbiy yordam ko'rsatildi va u zambilda shifoxonaga olib ketildi. Voqea sababli o'yin bir soatdan ko'proq vaqt davomida to'xtab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia