Granada bosh murabbiyi: Real bizga nisbatan hurmatsizlik qildi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2015, 15:30
Granada klubi bosh murabbiyi Xose Ramon Sandoval Realga qarshi o'yindan so'ng (0:1) Madrid klubi matbuot xizmatini tanqid qildi.

O'yindan oldin matbuot xizmati galaktikos raqib darvozasiga nechta gol urish borasida o'ziga xos so'rovnoma o'tkazdi.

Real bizga nisbatan hurmatsizlik qildi. Bugun biz engil va bemalol o'ynadik.

O'tgan safar bu yerda 1:9 hisobida yutqazgandik, bugungi o'yinda esa futbolchilarim ajoyib o'ynadi, – deydi Sandoval.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru