Go'zal tennischi “Spartak”ni chempionlik bilan tabrikladi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 22:32
Rossiyalik taniqli tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova Moskvaning “Spartak” klubini chempionlik bilan tabrikladi.

Nastya “Spartak” - “Zenit” (2:1) o'yinini bevosita stadiondan tomosha qildi va “qizil-oqlar”ni qo'llab-quvvatlab turdi.

O'yinni katta ishtiyoq bilan tomosha qildim. Bolalikdan futbolni yaxshi ko'raman. Shu bois, Monterreyda bo'lgan paytimdayoq bu o'yinni bevosita stadiondan kuzatishni rejalashtirgandim.


Nafaqat o'yinni tomosha qildim, balki maydonga tushishga ham muvaffaq bo'ldim. Maydon chimini o'z qo'lim bilan ushlab ko'rdim. Hammasi ajoyib tarzda o'tdi. “Spartak” - chempion! Ura!” - dedi Pavlyuchenkova.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif