Goretckadan qoyilmaqom natija

11 okt 2020, 08:10
Leon Goretcka Germaniya terma jamoasi safida sermahsullik ko'rsatmoqda.

Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Ukraina termasini mag'lub etdi (2:1). Uchrashuvda “Bavariya” a'zosi Leon Goretcka nemislarning gollaridan biriga mualliflik qildi. 25 yoshli yarim himoyachi terma jamoa safidagi so'nggi 4 ta o'yinida 5 ta gol urdi.

Qayd etish joiz, Goretcka Germaniya termasi safida hozirga qadar 26 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA