Goretcka safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
13 dek 2020, 15:58
"Bavariya" xavbeki Leon Goretcka "Union"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"U yugurib ketayotgan paytida noqulaylik his qildi. Hozircha jarohatning qanchalik jiddiyligini bilmayman. Uni Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz. Umid qilamanki, jarohat jiddiy emas", - dedi Xans-Diter Flik.

Ushbu mavsumda Goretcka 15 o'yinda 4 gol va 3 assist qayd etdi. U katta ehtimol bilan 17 dekabr kuni "Volfsburg"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal