Gibbs Mayamining "Inter" klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
24 mar 2021, 07:50
Angliya terma jamoasi tarkibida 10ta o'yin o'tkazgan "Vest Bromvich" himoyachisi Kiran Gibbs Devid Bekxem klubi "Inter Mayami" bilan shartnoma imzoladi.

Gibbs 31 yoshda, u 2017 yildan beri "Vest Bromvich"da o'ynaydi va yozda "Inter" bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi.

2,5 million evroga baholanayotgan o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 11ta rasmiy o'yin o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" o'zining MLS'dagi ilk o'yinini o'tgan yilning 1 martidan o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/KieranGibbs