Germaniya chempionati. “Shalke-04” o'z uyida “Maync”dan ustun keldi

21 okt 2017, 01:36
Germaniya chempionatining 9-turida “Shalke-04” jamoasi Gelzenkirxendagi “Feltins-Arena”da “Maync”ni taslim etdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Leon Gorecka hisobni ochgan bo'lsa, 74-daqiqada Gvido Burgshtaller o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Shalke” ochkolarini sonini 16 taga etkazdi va turnir jadvalining 4-pog'onasiga ko'tarildi. “Maync” esa 10 ochko bilan jadvalning 11-pog'onasida bormoqda.

Germaniya - Bundesliga. 9- tur.

Shalke-04Maync2:0

Gollar: 1:0 – Gorecka – 13, 2:0 – Burgshtaller – 74.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia