Genrix Mxitaryan: “Yevropa ligasida g'olib chiqish – ushbu mavsumdagi maqsadlarimdan biri”

Aslanov Jasurbek
7 apr 2017, 02:13
“Manchester Yunayted” himoyachisi Genriz Mxitaryan jamoasining Yevropa ligasi chorak finalidagi raqibi “Anderlext” haqida to'xtaldi.

“Yevropa ligasida g'olib chiqishi- ushbu mavsumdagi maqsadlarimdan biri. Albatta, bu oson bo'lmasligini tushunib turibman. Ammo musobaqaning ushbu bosqichida oson jamoaning o'zi yo'q. Biz “Anderlext”ga qarshi muhim o'yin o'tkazishimizni his etib turibmiz.

Bu jamoa bilan ikkita keskin bahsni o'tkazamiz. Ayrimlar biz “Anderlext”ni osonlik bilan engamiz, deb o'ylayotganligini bilaman. Ammo unday emas. Men ushbu jamoaning Yevropa maydonlaridagi o'yinlarini ko'rib chiqdim. Bu jamoada juda yaxshi  futbolchilar to'plangan”, deydi Mxitaryan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports