Gattuzo "Marsel" uning qo'l ostida qanday o'ynashini aytdi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 16:43
"Marsel"ning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasi to'pga egalik qilgan holda to'p tepishini ta'kidladi.

"Men 4 o'yinchidan iborat ikkita chiziq muxlisi emasman, 4-4-2 sxemasi muxlisi emasman. Men 4-3-3 yoki 4-2-3-1 ni afzal ko'raman. Lekin barchasi bizdagi futbolchilarga bog'liq. Men to'pga egalik qilgan holda o'ynashni xohlayman. Marselino yaxshi ish olib bordi, biroq men undan ko'ra boshqacha tasavvurga egaman", – dedi Gattuzo.

Italiyalik mutaxassis ushbu haftada bosh murabbiylikka tayinlandi. Jamoa 6 turda 9 ochko to'pladi va Liga 1 musobaqa jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport