Garet Beylning "Real"dan ketishi 34 million evroga teng

Sherzod Nurmatov
6 sen 2020, 01:16
Beylning "Real"dagi faoliyati tugaganga o'xshaydi, ammo uelslik futbolchi faoliyatini yakunlashga intilayotgani yo'q.

Marca xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" klubidan bir umrga ketishi uchun qolgan ikki yillik maoshini to'lashlarini istamoqda.

Vinger 34 million evro talab qilishi mumkin, ammo "Real Madrid" "Santyago Bernabeu" stadionida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli bu summani to'lay olmaydi.

Beylni tarkibdan olib tashlash uchun "Real" futbolning eng kuchli agentlaridan biri hisoblangan futbolchining rasmiy vakili Jonatan Barnett bilan muzokaralarga kirishishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca